Eski Xovostepa arxeologik yodgorligidan nimalar topilgan?

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Garchi Sirdaryo viloyati tap-taqir choʻl — Mirzachoʻlni oʻzlashtirish negizida tashkil etilgan boʻlsa-da, uning bagʻrida uzoq moziydan xabar beruvchi tarixiy va arxeologik obidalar bor. Xususan, Xovos tumanidagi Eski Xovostepa yodgorligining tarixi ming yildan nariga borib taqaladi. Bundan bir necha yil avval ayni arxeologik manzilgohdan noyob tarixiy ashyo – Humo qushining yashil rangdagi tasviri tushirilgan chiroq boldogʻi topilgan edi.
— Hozir muzeyimizda saqlanayotgan qadimgi chiroq dastasidagi Humo qushi tasviri ushbu parrandaning azaldan ezgulik, hamjihatlik va farovonlik ramzi boʻlib kelganligiga dalolat, — deydi Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bosh mutaxassisi Anorboy Norqulov. — Bugungi kunda mazkur topilma muzeyimizning barcha qiziqib tomosha qiladigan eng noyob eksponatlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, muzeyda Eski Xovostepaga oid yana koʻplab osori-atiqalar borki, bular — taqinchoqlar, tangalar, mis, sopol idishlar va boshqa topilmalar.
Maʼlumot uchun. Eski Xovostepa yodgorligi 1988-1989-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti Sirdaryo arxeologiya otryadi tomonidan oʻrganilgan. Soʻngra 2003-2004-yillarda yodgorlik hududida miloddan avvalgi III asrga oid devor qoldiqlari(shunga oʻxshash devor mil.avv. III asrga oid Samarqand shahri yaqinidagi Koʻktepa yodgorligida uchraydi) va qadimgi Fargʻonadagi Eylatan madaniyatiga xos, lekin mahalliy kulollar tomonidan yasalgan sopol idishlar topilgan. Ushbu yodgorlikda 2014-yil olib borgan arxeologik tadqiqotlar natijasida esa mil.avv. II-I asrga oid Anaxita haykalchasi ham topilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring