WSJ: Yevropa Ukraina boʻyicha alternativ tinchlik rejasini tayyorlamoqda
Yevropa mamlakatlari Ukraina boʻyicha AQSH takliflariga nisbatan Kiyev uchun koʻproq manfaatli boʻladigan alternativ tinchlik rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Manbalarga koʻra, Yevropa yetakchilari ushbu loyihani yaqin kunlar ichida taqdim etishi mumkin.
Nashrning yozishicha, Kiyev hozircha mazkur rejada ishtirok etishga rozilik bermagan. Hujjatning batafsil mazmuni ham ochiqlanmagan.
Bundan avval Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko AQSH tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasi haqida maʼlumot bergan edi. Ushbu hujjat 28 punktdan iborat boʻlib, ular orasida Ukrainaning NATOga kirishdan voz kechishi, kelishuv imzolanganidan 100 kun keyin mamlakatda saylovlar oʻtkazish va Qrim, Lugansk hamda Doneskning de-fakto maqomini Rossiya tomonidan nazorat qilinishini tan olish kabi bandlar mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring