Eron AQSHga qattiq javob berishga tayyor
Foto: AP
AQSH Eronning yadroviy inshootlariga bergan zarbalariga qatʼiy javob oladi. Bu fikrlarni Eron teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan Islom Respublikasi armiyasi bosh qoʻmondoni, general-leytenant Amir Xotamiy maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, Eron tarixi davomida dunyo “AQSH tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga” guvoh boʻlgan. Amerikaliklar har safar oʻz “jinoyatlari”ga qatʼiy javob olgan va bu safar ham shunday boʻladi.
Shu yilning 22-iyunga oʻtar kechasi AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH harbiy-havo kuchlari Eronning uchta yadroviy obyektiga hujum qilganini maʼlum qildi. Asosiy maqsad Fordodagi uranni boyitish zavodi edi. Uning sentrifugalari joylashgan zali yuz metrli qoya va temir-beton qatlami bilan qoplangan, bu esa uni bombardimon qilishdan deyarli himoyasiz qilgan.
Obyektga faqat AQSHning “GBU-57” bunker bombalari tushishi mumkin edi. OAV xabarlariga koʻra, “B-2A Spirit” bombardimonchi samolyotlari Fordoga shunday bombalarni tashlagan. Bundan tashqari, suv osti kemalari Isfaxon va Natanzdagi yadroviy obyektlarga “Tomagavk” qanotli raketalarini uchirdi.
Tramp Eronning uranni boyitish boʻyicha asosiy obyektlari “butunlay yoʻq qilinganini” aytdi. Eron tomoni esa Fordo zavodi faqat qisman shikastlanganini daʼvo qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring