Eron AQSH va Isroilni Suriyadan chiqishini talab qilmoqda

10:35 26 Iyun 2024 Dunyo
327 0

Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy AQSH va Isroil kuchlarini Suriyadan zudlik bilan chiqib ketishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, xorijiy aralashuvlar Suriya mojarosini toʻxtatish oʻrniga kuchaytirib yuboryapti. Bu haqda «Newsweek» nashri xabar beradi.

Fors diplomatining taʼkidlashicha, AQSH qoʻshinlarining olib chiqib ketilishi Suriya tinchligi va barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Iravoniy, shuningdek, Isroilning ham harakatlarini qoralab, yahudiy davlatini Suriya suverenitetiga tajovuzkorlikda aybladi.

Suriyadagi mojaroda turli xalqaro kuchlar, jumladan, AQSH, Isroil va Eron ishtirok etmoqda. AQSH Suriya shimoli-sharqidagi kurdlar boshchiligidagi kuchlarni Eronga qarshi qayrayotganlikda, bu esa Tehron – Damashq munosabatlarini ham yomonlashtirishga sabab boʻlayotgani taxmin qilinmoqda.

AQSH Suriya hukumatini gumanitar saʼy-harakatlarga toʻsqinlik qilayotganlikda tanqid qilib, Eronni mintaqadagi barqarorlikni buzayotganlikda aybladi. Amerikalik elchi Linda Tomas-Grinfild Eron Suriya hududidan Isroilga tahdid qilish uchun foydalanayotganini iddao qilgan.

Eron Suriyada BMT yordami bilan va tashqi aralashuvdan xoli siyosiy rezolyutsiya qabul qilinishini talab qilmoqda. Tehron, Moskva va Anqara Suriya inqirozini hal qilish uchun Ostona formati orqali ishlashda davom etishni niyat qilgan.

Avvalroq, Isroil yaqin orada «Hizbulloh» guruhiga qarshi kurash boʻyicha kerakli qarorlar qabul qilishini aytayotgan bir vaqtda guruh qoʻllovchisi sifatida aytiladigan Eron yahudiy davlatini Livan bilan boʻladigan keng koʻlamli urushda butunlay yoʻq qilishini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?