Er va xotinga nisbatan “shantaj” qilgan voyaga yetmagan qiz qoʻlga olindi

21:27 29 Mart 2021 Jamiyat
2454 0

2021-yilning 25-mart kuni Bekobod shahar IIB boshligʻi nomiga fuqaro 36 yoshli Muhammadorif G. ariza bilan murojaat qilib, turmush oʻrtogʻining muqaddam foydalangan abonent raqamidan nomaʼlum ayol qoʻngʻiroq qilib, turmush oʻrtogʻi Shahlo V. bilan unga tegishli sir saqlanishi lozim boʻlgan oʻzaro surat va videoyozuvlarni internet ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, 5.000.000 soʻm pul berishini talab qilayotganligini maʼlum qilib, Bekobod shahar 14-dahasi hududidagi “Ziyoda” toʻyxonasi yaqinida taksi haydovchisi orqali berib yuborilgan 500 AQSH dollarni nomaʼlum ayol tovlamachilik yoʻli bilan olayotganida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan 500 AQSH dollar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 9-sinf oʻquvchisi 15 yoshli Marjona X.,sodir etganligi aniqlanib, u Shahlo v.,ga tegishli boʻlgan abonent raqamni sotib olib, ushbu raqamga “Telegram messenger” ochib, eski xotiralarni tiklashi natijasida oʻzga shaxslarning foto va videotasvirini qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan voyaga yetmagan Marjona X., ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер