Yer osti suv sathining pasayib ketishiga oʻzimiz sababchimiz

12:49 19 Yanvar 2026 Jamiyat
317 0

Mamlakatimiz sharoitida daryolar, kanallar hamda yer osti suvlari tabiat va aholi uchun eng zarur chuchuk suv manbalaridan biri hisoblanadi. Undan tartibsiz foydalanish oqibatida koʻplab hududlarda yer osti suvi kamayib ketmoqda.

Shuningdek, suv havzalari va ularga tutash hududlarda qum-shagʻal materiallarini ruxsatsiz qazib olish ham atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishi bilan birga, yer osti suv sathining pasayishiga va ekologik muvozanatning buzilishiga sabab boʻlmoqda.

Bunday holatlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilayotganiga qaramay qoida buzarlar hamon tez-tez uchrab turibdi.

Xususan, Oqdaryo tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida tumanning Yangiqoʻrgʻon MFY hududidan oqib oʻtuvchi Oqdaryo daryosi oʻzanidan Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro Z.U tomonidan noqonuniy tarzda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berishayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu qonunbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi prim 1-qismiga binoan, jami BHMning 50 barobari, yaʼni 20 million 600 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi. Haydovchining texnika vositasi esa, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga quyildi.

Ana shu kabi qonunbuzarliklar oqibatda yer osti suvlarining sathi pastlab, daraxtlarning tomiri yer osti suvlariga qadar yetib borolmay qolgani achinarli hol.

Qilayotgan ishimizning oqibatini biz insonlar qachon anglab yetamiz...

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?