Yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.A. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga Bogʻot tumani “Ashxobod” MFY hududidagi boshqa fuqaroga tegishli 5 sotix yer maydonini 10 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib olib berishini aytib, 9 000 AQSh dollari va 11 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I. fuqaro J.X.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatiga qarashli 30 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 9 000 AQSh dollari va 40 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, Qibray tumani “Obod” MFY xotin-qizlar faoli Sh.X. fuqaro I.B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida oʻzi ishlayotgan mahalladagi 3 sotix zaxiradagi yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring