Yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.Sh. Buxoro tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini fuqaro S.O.ga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib 11 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Nukus shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar N.J. va B.I. “Qurыlыsshы” MFY hududidan 2 sotix yer maydonini fuqaro Sh.S.ga kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berishlari evaziga 88 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring