Yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻrtachirchiq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.Q. Nurafshon shahar, “Degantepa” MFYdagi 20 sotix boʻsh yer maydonini fuqaro A.S.ga firibgarlik yoʻli bilan 14 500 AQSH dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 5 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Shumanay tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.K. soxta hujjatlar orqali oʻzining nomiga rasmiylashtirib olgan Nukus shahar, “Qum ovul” MFYdagi zaxiradagi 6 sotix yer maydonini fuqaro M.A.ga sotishga kelishib, ushbu yer maydoni uchun 37 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring