Yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatida 12 medalni qoʻlga kiritishdi
Poytaxtimiz mezbonlik qilgan yengil atletika U18 yosh toifasidagi qitʼa birinchiligi oʻz nihoyasiga yetdi. 4 kun davom etgan musobaqada qitʼamizning 40 ga yaqin mamlakatidan 500 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Chempionatning soʻnggi kunida qizlar oʻrtasida 2000 metrga stipl-chez yugurishida Mahliyo Muhammadjonova 7:10.49 daqiqa bilan marraga birinchi boʻlib yetib keldi va jamoamizga uchinchi oltin medalni taqdim qildi. Yetti kurash bahslarida 4739 ochko jamgʻargan Anna Chikalova hamda disk uloqtirish sektorida roppa-rosa 54 metr natija qayd etgan Abduaziz Rahmatullayev bronza medaliga sazovor boʻlishdi.
Murosasiz bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qoʻlga kiritishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring