Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

15:06 19 Fevral 2025 Jamiyat
75 0

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar davom etmoqda.

O‘rganishlar davomida amalda yaratilgan iqtisod qilish tajribalarini ommalashtirish maqsadida joyiga chiqqan holda tegishli sohadagi iste’molchilar ishtirokida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Xususan, issiqxonalarda gaz tanqisligi paytlarida qo‘shimcha muqobil energiyadan foydalanish tizimini joriy qilish imkoniyatlari bilan tanishish va ularni ommalashtirish maqsadida Pastdarg‘om tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Mamatqul Invest” MCHJga qarashli issiqxonada 60 nafardan ortiq ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda, ko‘mir yoki dizel yoqilg‘isiga ishlovchi avtomatlashtirilgan tejamkor zamonaviy uskunalarga almashtirish orqali energiya resurslarini iqtisod qilish mumkinligi tushuntirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер