Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga 381,5 million soʻm zarar yetkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor va Baliqchi tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar M.D. va I.O. oʻzlarining xonadonlarida oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 275,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari fosh boʻldi.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro F.A. xonadonida oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanib, 106,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi Departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring