Endilikda onlayn qimor oʻyinlarini oʻynash uchun litsenziya beriladi
Qimor oʻyinlariga qaramlikning oldini olish uchun unda sarflash mumkin boʻlgan pul limiti ham qoʻyilmoqda.
Bu borada Hukumatning “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi prezident farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan stavkalar va oʻyinlarning yagona davlat registri yuritiladi. Unda oʻyinchilar, cheklovlar, shuningdek, oʻyinlarda sarflash mumkin boʻlgan mablagʻlar boʻyicha limitlar hamda moliyaviy tranzaksiyalar yuritiladi.
Quyidagilar boshqarishni asosiy maqsadi etib belgilandi:
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasida pul aylanmalari ustidan nazorat hamda konsolidatsiyalashgan hisobni taʼminlash;
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik tashkilotchisi bilan manfaatlar toʻqnashuvi holatlarida oʻyinchining manfaatlarini himoya qilish;
Oʻyin qaramligiga qarshi kurashish va uning oldini olish.
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yil muddatga namunaviy litsenziya beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring