Endi avtomobil egasi kameralar tomonidan qayd etilgan barcha yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun javobgar bo‘lmaydi

19:06 12 Sentyabr 2023 Jamiyat
367 0

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Ularga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun avtomobil egasi emas, balki bevosita uni boshqarayotgan shaxs javobgarlikka tortiladi.

Hozirgi vaqtda, masalan, ijarachi tomonidan qoidabuzarlik sodir etilishi aniqlanganda, qoidabuzarlik sodir bo‘lgan vaqtda mashinani boshqargan shaxs emas, balki avtomobil egasi javobgarlikka tortiladi. Bu ijaraga beruvchilar o‘rtasida norozilikka olib kelmoqda, chunki ular ijarachilar tomonidan transport vositasining to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinishini nazorat qila olmaydi.

Loyiha muhokamasi 26 sentyabrga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер