Endi avtomobil davlat raqamini qalbakilashtirganlar qamalishi mumkin

18:28 21 Fevral 2025 Jamiyat
214 0

Foto: Sirdaryo viloyat YHXB

“Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Unga koʻra, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlaganlik, oʻtkazganlik yoki ulardan foydalanganlik, shuningdek ularni qalbakilashtirganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar oʻtkazish va guvohnomalar berish tartibini buzgan shaxslar ham qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Bundan tashqari, transport vositasini mastlik holatida boshqarganlik yoki tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlaganlik uchun hamda transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarganlik uchun ham tegishli javobgarliklar belgilangan.

“Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”, deyiladi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер