Elga naf keltirish katta sharaf
Foto: “Xalq soʻzi”
Korxonamiz asosan chorvachilik va sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Biz Niderlandiyadan keltirilgan 500 bosh zotdor qoramol, Ispaniyadan olib kelingan 250 bosh naslli echkini parvarishlab, yaxshi natijalarga erishyapmiz. Zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan sutni qayta ishlash seximizda kuniga 10 tonna mahsulot isteʼmolchilarga yetkazib berilyapti.
Yaqinda Ispaniya innovatsion texnologiyasi asosida gidroponika usulida yashil ozuqa yetishtirishni yoʻlga qoʻydik. Loyiha qiymati 750 ming dollarlik Xitoy texnologiyasi asosida ishlaydigan, kuniga 100 tonna bugʻdoyni qayta ishlash quvvatiga ega un zavodi ham ishga tushirildi. Shuningdek, 8 ming tonna bugʻdoy saqlashga moʻljallangan omborlar va 2 ming tonnalik sovitkich barpo etildi. Bularning hammasi ichki bozor toʻkinligini taʼminlash, yurtimiz farovonligiga xizmat qilish, qolaversa, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga hissa boʻlib qoʻshiladi. Elu yurtga nafing tegsa, odamlar seni alqasa, bundan ortiq sharaf bormi?
Bu yil Yoshlar kuni arafasida Prezidentimiz Farmoniga koʻra, “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlanganim esa menga yanada kuch, gʻayrat bagʻishlashi barobarida zimmamga juda katta masʼuliyat ham yukladi. Ilm-fan yutuqlari, innovatsiyalarga asoslangan yangi loyihalar ustida katta ish olib boryapmiz. Ularni amalga oshirish orqali Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshamiz.
Shohruhbek QALANDAROV,
Xorazm viloyatidagi “Xonqa chorva kapital” MCHJ rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring