Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻraqoʻrgʻon, Davlatobod, Kasbi va Chiroqchi tuman boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqarolar S.N va U.Ya. oʻzlariga tegishli savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarini hamda “K.c.” MCHJ rahbari J.Sh. va fuqaro O.X. ekin yer maydonlarini sugʻorishda elektr nasoslarini oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulanib, jami 336,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring