Elektr taʼminotidagi qarzdorliklarni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan ETK xodimlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yangiyoʻl tuman ETK texnigi O.T. va elektr taʼminoti guruh elektromontyori A.B. “M.U.” fermer xoʻjaligi rahbari A.U.ning ishonchiga kirib, fermer xoʻjaligi suv nasosini elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomani 12 mln soʻm evaziga yoʻq qilib berishni vaʼda qilib, shundan 10 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Samarqand tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda tuman ETK texnigi O.T. fuqaro T.V.ning xonadonida oʻrnatilgan elektr hisoblagich roʻyxatdan oʻtmaganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomani hamda elektr taʼminotidan 6,1 mln soʻmlik qarzdorligini yoʻq qilib, yangi hisoblagich oʻrnatib berishi evaziga 5 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring