Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qoʻqon shahar “Margʻilon” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.X. hech qanday hujjatsiz kompyuter oʻyinlari xizmatini tashkil etib, kompyuterlarni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 144,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Gulshanobod” MFY hududidagi xonadonda yashovchi I.A. oʻz uyida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 138,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Yuqorichirchiq tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Boʻstonliq tumani “Qoramanas” MFY hududidagi xonadonda yashovchi N.D. oʻz uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 112,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring