Elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganiga munosabat bildirildi
“Hududiy elektr tarmoqlari” ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotgani toʻgʻrisida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Tarmoqlarda ayrim isteʼmolchilarda shunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritilganda, oʻtgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani toʻgʻrisida videoxabarlar tarqalgan.
“Avgust oyidan HET Billing dasturiy kompleksi tashkil etildi. Shu jarayonda eski tizimdan isteʼmolchilarning arxiv maʼlumotlarini yangi tizimga oʻtkazishda ayrim isteʼmolchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqmoqda. Bunday noaniqliklarni kelib chiqqan hududlarda qoʻshimcha mutaxassislar ajratilgan holda masalaga oydinlik kiritish ishlari olib borilmoqda”, deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” mazkur holatga izoh berib.
“Hududiy elektr tarmoqlari” holat yuzasidan qoʻshimcha axborot berilishini maʼlum qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring