“El-yurt farovonligi uchun ovoz berdim”
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro shahridagi Mahmud Torobiy mahallasida istiqomat qiluvchi 73 yoshli Negmat Moʻminovni 26-saylov uchastkasi oldida xushkayfiyatda uchratdik.
— Mahallamizdagi oʻzgarishlardan juda xursandmiz, — deydi otaxon. — Yoʻllar asfaltlashtirishdi. Kanalizatsiya masalasi hal boʻldi. Yoʻl yoqasidagi elektr ustunlari yangilandi. Bu kabi oʻzgarishlarda mahallamiz, shahrimiz masʼullari bilan bir qatorda deputatlarning ham hissasi bor. Ularga qilgan murojaatlarimiz hech qachon yerda qolgan emas. Shu boisdan ham bugungi saylovga bajonidil kelib, oʻzimga maʼqul nomzodlar va partiya uchun ovoz berdim.
— Xoʻja Ismat Buxoriy koʻchasida yashayman, — deya suhbatga qoʻshildi yana bir saylovchi, 87 yoshli otaxon Rahmat Abdullayev. — Sakkiz nafar farzand, qirqdan ziyod nevara-yu evaram bor. “El-yurt farovonligi uchun ovoz berishimiz kerak” deb oʻgʻillarimni ham ortimdan ergashtirib kelyapman.
Saylov uchastkasini bir qur koʻzdan kechirdik. Deputatlikka nomzodlar roʻyxati barcha uchun koʻrinarli va qulay joyda turibdi. Saylovchilarning ular haqida maʼlum bir tushunchaga ega boʻlishi uchun shart-sharoit yaratilgan. Partiyalarning ishonchli vakillariga ham saylov jarayoni qanday oʻtayotganini kuzatish uchun qulayliklar mavjud. Saylov shaffof, demokratik tamoyillar asosida oʻtmoqda.
Uchastka saylov komissiyasidan bizga bildirishlaricha, hudud boʻyicha jami 2219 nafar saylovchi bor. 18 nafar yigit-qiz ilk bor ovoz bermoqda. Sevara Qobilova ana shularning biri.
— Buxoro tibbiyot texnikumida tahsil olyapman, — deydi u. — 27-oktyabr bir umr yodimda qoladi. Chunki ilk bor saylovda ovoz berdim. Boʻlgʻusi deputatlarimiz biz, yoshlarning oʻqishimiz, hayotda oʻz oʻrnimizni topib ketishimizda asqatadigan tashabbuslar bilan maydonga chiqishadi, degan umiddaman.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring