Dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turnirida oʻzbek polvonlari umumjamoa hisobi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi
Foto: Hasan Paydoyev/«Xalq so‘zi»
Toshkent shahri mezbonlik qilgan dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turniri yakunlandi. Uch kun davom etgan bellashuvlarda dunyoning 68 mamlakatidan kelgan jami 495 nafar sportchi medallar hamda jahon va “Parij-2024” Olimpiadasi uchun muhim boʻlgan reyting ochkolari uchun kurash olib borishdi.
Nufuzli musobaqada 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi turnirni umumjamoa hisobidan uchinchi oʻrinda yakunladi. Bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Doston Roʻziyev (-60 kg) va Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) oltin, Gulhayo Joʻrayeva (-52 kg) kumush, Shahram Ahadov (-73 kg), Obidxon Noʻmonov (-73 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) bronza medalini qoʻlga kiritdi.
“Katta Dubulgʻa” turnirida gʻoliblik boʻlgan sportchilar jahon va “Parij-2024” Olimpiadasi uchun reyting 1000, kumush medallar sohiblari 700, kuchli uchlikdan joy olganlar esa 500 ochkoga ega boʻlishdi.
Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqqan Fransiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi, 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini jamgʻargan yaponiyalik dzyudochilar ikkinchi oʻrinni band etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring