Dunyoda qancha odam ortiqcha vazndan aziyat chekayotgani maʼlum qilindi
Arxiv surat
Dunyoda ortiqcha vazndan aziyat chekayotganlar soni bir milliarddan oshgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Pirogov nomidagi universiteti mutaxassislari ishtirok etgan tadqiqot maʼlum boʻldi.
“Global tahlillarga koʻra, butun dunyo boʻylab ortiqcha vaznga ega bolalar, oʻsmirlar va kattalarning umumiy soni bir milliarddan oshdi. 1990-yildan 2022-yilgacha global semizlik darajasi qizlar oʻrtasida 1,7 foizdan 6,9 foizga, oʻgʻil bolalarda esa 2,1 foizdan 9,3 foizga oʻsdi. Bu tendensiya dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kuzatildi”, — deyiladi tadqiqotda.
Tadqiqotga koʻra, 2020-yilda ortiqcha vazndan aziyat chekadigan oʻsmirlar va bolalar soni deyarli 160 millionni tashkil etdi. Ulardan 65 millioni qizlar va 94 millioni oʻgʻil bolalardir. 1990-yilda esa bu koʻrsatkich 31 million nafar bolani tashkil etgan. Shu bilan birga, kattalar orasida ortiqcha vaznga ega ayollarning ulushi ikki baravar koʻpayib, 18,5 foizga, erkaklarniki esa deyarli uch baravar koʻpayib, 14 foizga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring