Dunyoda maymun chechak bilan bogʻliq tasdiqlangan holatlar 18 mingtaga yetdi
Foto: Reuters
JSST maymun chechak bilan kasallanganlar soni 18 000 taga yetgani haqida xabar beradi
Dunyoning 78 mamlakatida 18 000 ta maymun chechak kasalligi bilan bogʻliq holat rasman qayd etilgan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlum qildi.
JSST maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp holatlar Yevropa mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Avvalroq AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi Qoʻshma Shtatlar dunyoda maymunchechak bilan kasallanish eng yuqori boʻlgan davlatga aylangani haqida xabar bergan edi. Agentlikka koʻra, hozirga qadar Qoʻshma Shtatlarda maymunchechak bilan kasallangan 3846 ta holat aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda 3125 ta holat aniqlangan Ispaniya, uchinchi oʻrinda ikki mingta holat qayd etilgan Germaniya va Buyuk Britaniya joylashgan.
Maymun chechak infeksiyasi il bor tanadagi xarakterli toshmalar bilan kechadigan virusli kasallik hisoblanadi. U bilan bogʻliq birinchi holat joriy yilning 7-may kuni Nigeriyadan qaytgan britaniyalikda aniqlangan. Shundan soʻng infeksiyalar AQSH, Ispaniya, Shvetsiya, Belgiya, Isroil, BAA, Portugaliya, Finlyandiya, Polsha va boshqa bir qator mamlakatlarda qayd etilgan. Kecha Tokio shahri gubernatori Yaponiyada ham maymun chechak bilan bogʻliq holat aniqlangani haqida maʼlum qildi.
JSST oldinroq ushbu infeksiya tarqalishini pandemiya, yaqinda esa favqulodda holat deya baholadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring