Donald Tramp: Eron bilan istagancha muzokara olib borishga tayyorman
AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralarni oʻzi istagan muddatgacha davom ettirishga tayyor ekanini maʼlum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Oq uydagi chiqishi chogʻida u shunday dedi:
“Men ular bilan istaganimcha gaplashaman, kelishuvga erisha olamizmi-yoʻqmi, koʻramiz”.
Maʼlum qilinishicha, respublikachi siyosatchi Tehronning yadroviy dasturi boʻyicha kelishuvga bir oy ichida erishish mumkinligini bildirgan.
Trampning taʼkidlashicha, kelishuvga erishish zarur:
“Biz kelishuv tuzishimiz kerak, aks holda vaziyat juda ogʻriqli tus oladi, men esa buni istamayman”.
Avvalroq ham Donald Tramp AQSH Eron bilan muzokaralarni davom ettirish tarafdori ekanini, maqsad yadroviy dastur boʻyicha ehtimoliy kelishuv imkoniyatini baholashdan iboratligini taʼkidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring