Umumiy bahosi 1 mlrd 124 mln so‘mlik oltin quymalarini sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Videodan kadr
Andijon shahrida yashovchi shaxs og‘irligi 672 gr. bo‘lgan bir bo‘lak oltin quymasini Namangan shahrida istiqomat qiluvchi zargarga 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.
So‘ngra ushbu zargar buyurtmasiga ko‘ra, Olmaliq shahridan og‘irligi 613 gr. bo‘lgan bir bo‘lak oltin quymasini olib ketayotgan Namangan shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashina Chust tumanida to‘xtatilib, ashyoviy dalil prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi shaxs Pop tumani hududida Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan uchrashib, undan og‘irligi 250 gr. bo‘lgan 3 ta oltin quymasini sotib olgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 1 mlrd. 124 mln. so‘mlik, jami 1 kg 535 gr. oltin quymalari hamda 40 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring