Diyora Keldiyorova masʼuliyatli lavozimiga tayinlandi

11:22 23 Avgust 2024 Siyosat
224 0

Dzyudo boʻyicha “Parij-2024” Olimpiadasi gʻolibasi Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining masʼuliyatli lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Milliy Olimpiada qoʻmitasi maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Diyora Keldiyorova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi.

“Chempion sportchimiz bilan uchrashuvda Agentlik rahbari Mansurbek Olloyorov hamda uning birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovani qutlab, xizmat guvohnomasini tantanali ravishda topshirishdi”, deyiladi xabarda.

Agentlik birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Diyoraning Olimpiadadagi gʻalabasi ilgʻor oʻzgarishlar uchun katalizator boʻlib, butun dunyoga Oʻzbekistonning teng imkoniyatlar va hadsiz salohiyatlar mamlakati ekanligini koʻrsatib berganini taʼkidlab oʻtgan.

Sportchi ham oʻziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilishini bildirib oʻtgan.

Avvalroq, Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер