Diydor shirin: videokonferensaloqa orqali muloqot
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyatida ham mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Vatanparvarlik oyligi” dasturi mundarijasi har qachongidan-da rang-barang. Uning doirasida viloyatdagi mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari, mahallalarda uchrashuvlar oʻtkazilib, mamlakatimiz va xalqimiz tinchlik-osoyishtaligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarga yuksak ehtirom koʻrsatilmoqda. Viloyat oʻlkashunoslik muzeydagi koʻrgazmalar, harbiy qismlardagi “ochiq eshiklar”, harbiylar ishtirokidagi “Zakovat” intellektual oʻyinlari hamda boshqa turli tadbirlar shular jumlasidan.
Viloyatning Uchquduq tumanidagi harbiy qismda tashkil etilgan “Askar ota-onalarini sharaflaymiz!” nomli onlayn telekoʻprik, ayniqsa, hayajonli onlarga boy boʻldi. Unda tumandagi 99818-sonli harbiy qismda yigitlik burchini oʻtayotgan 16 nafar qashqadaryolik askar ota-onalari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali muloqot qildi.
— Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan sharoitda farzandlarimizning oʻz yigitlik burchini oʻtayotganligi qalbimizni shukronalik bilan toʻldiradi, — deydi gʻuzorlik askar onasi Nasiba Qarshiyeva. — Albatta, bu Prezidentimizning oqilona tashqi va ichki siyosatining samarasi. Biz, onalar uchun tinchlik barqarorligidan ulugʻvorroq roʻshnolik yoʻq.
Tadbirda soʻzga chiqqan harbiylar Oʻzbekiston milliy armiyasidagi oʻzgarishlar, zamonaviy qurollar va texnologiyalar, shuningdek, Qurolli Kuchlarimizning jahon reytinglarida yuqori oʻrinlarga koʻtarilayotgani bilan askar onalarini tanishtirdi.
Videokonferensaloqa orqali oʻz farzandlari bilan diydorlashgan ota-onalar ularning harbiy xizmat davomida ulgʻayib, kamolotga yetishayotganidan mamnun ekanligini bildirishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring