Denovda yongʻoqzor barpo etiladi
Xabaringiz bor, joriy yil 9-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Unda tumanda sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirishdan tortib yoʻl-transport infratuzilmasi, ichimlik suv taʼminoti, kanalizatsiya tarmoqlari, elektr energiya va tabiiy gaz tizimi tarmoqlarini yaxshilash, tuman markazini obodonlashtirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalarida qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borishdek manzilli ishlar koʻzda tutilgan.
Denov tuman hokimligida OʼzLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari, tumandagi fermer, tadbirkorlar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda Denov tumanini kompleks rivojlantirish dasturiga kiritilishi lozim boʻlgan masalalar oʻrtaga tashlandi.
Yigʻilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov ham ishtirok etib, tumanda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, logistika markazlarini tashkil etish, suv yoʻq joylarda artizan quduqlarini oʻrnatish va boshqa muhim masalalar xususida qimmatli takliflarni berdi.
Mazkur takliflardan kelib chiqib, xususan, tumanning Sobir Rahimov SIU hududidan 800 ga yer maydonida tomchilatib sugʻoriladigan yongʻoqzor tashkil etish dasturga kiritildi. Shuningdek, suv bormaydigan hududlar Sharof Rashidov hamda Amir Temur SIUlarida 2 tadan 4 ta artizan qudugʻi oʻrnatiladi.
— Bundan tashqari, tumanda bir emas 2 ta logistika markazi tashkil etish masalasi ham koʻrib chiqildi, — deydi OʻzLiDeP viloyat Kengashi deputati, Oʻzbekiston qahramoni Ahmad Narzullayev. — Ulardan biri Amir Temur SIU hududida 13 gektar yer maydonida qurilishi rejalashtirilgan. Unda issiqxona, meva va sabzavotlarni saqlovchi muzlatgichli omborxona hamda bogʻ ham barpo etiladi. Eng muhimi, logistika markazida tumanimizda yetishtirilgan sabzavot va mevalar saralanib, maxsus yuk mashinalarida toʻgʻridan toʻgʻri xorijga eksport qilinadi.
Uchrashuvda davlat rahbari qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha boshqa qator masalalar xususida ham fikr bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring