Denovda DSI yangi binosi foydalanishga topshirildi
Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyonalari arafasida Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ham bir qancha ijtimoiy soha obyektlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish inshootlarining taqdimot marosimlari boʻlib oʻtmoqda. Shu jumladan, Denov tumanida zamonaviy qiyofa hamda qulay shart-sharoitlarga ega davlat soliq inspeksiyasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Ushbu maʼmuriy bino 50 oʻringa moʻljallangan boʻlib, soliq toʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan. Xususan, 120 oʻrinli majlislar zali hamda arxiv xonasi eng ilgʻor zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.
Inshootning taqdimot marosimida taʼkidlanganidek, bugungi kunda yurtimizda soliq tizimining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish orqali soliq toʻlovchilarga qulayliklar yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, sohaga raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga, soliq yukini kamaytirish va shu asnoda shaffoflikdan taʼminlash imkonini berayotir.
— “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” shiori faoliyatimizda asosiy tamoyilga aylangan, — deydi Denov davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Odil Yakubov. — Bu esa tumanimizda tadbirkorlik subyektlari soni yildan-yilga ortib borishiga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Bugungi kunda tumanda 2 ming 143 ta yuridik, 68 ming 74 ta jismoniy shaxs soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, joriy yilning shu davriga qadar 101,6 milliard soʻmlik soliqlar undirildi. Tadbirkorlar ixtiyoriga 312 million 400 ming soʻm mablagʻ qoldirildi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring