Davlat va jamiyat hayotiga doir muhim qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi
Joriy yilning 12-sentyabr kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi.
Kun tartibiga muvofiq “Kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik bazasini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq qilish, shuningdek, fuqarolarning malakali yuridik yordam olishga boʻlgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun ham mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ishlab chiqilgan. Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga kam taʼminlangan shaxslarga oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy sudga murojaat etganda, davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqini belgilashga qaratilgan norma kiritilmoqda.
Muhokama davomida qonun fuqarolarning buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyati kengayishiga, fuqarolarni konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish darajasini oshirishga, shuningdek, aholining sudlarga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Shundan soʻng “Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 431 hamda 432-moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qonun muhokama etildi.
Jamiyat va davlat hayotini keng isloh qilish, amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari doirasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi qayd etildi.
Bugungi kunda ijro tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilib kelinayotganligi taʼkidlandi.
Ushbu Qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta va (yoki) videokonferensaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar toʻlovi yuzasidan qarzdorlikni, koʻp kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etilishi nazarda tutilmoqda.
Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring