Davlat tashkilotlarida autsorsing shartlari asosida avtotransportlar xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi
“Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-avgustdan:
xizmat avtotransport vositalari respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning oʻrinbosarlariga;
respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlar va ularning hududiy boʻlinmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi.
Shuningdek, respublika davlat boshqaruvi organlarida autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransportlar xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-iyuldan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarni roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.
2021-yil 1-avgustga qadar ularning tegishli ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi taʼminlanadi hamda buning uchun toʻlov undirilmaydi.
2021-yil 1-avgustdan esa yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazilmagan tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring