Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari 18-noyabr kuni oʻtkaziladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2023-yil 18-noyabr kuni oʻtkaziladi.
Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 14:00 dan 17:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.
Test sinovlari ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq), matematika, Oʻzbekiston tarixi va chet tili fanlaridan oʻtkaziladi.
Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirigʻi va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirigʻiga 1 soat) vaqt ajratiladi.
Test sinovida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.
Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.
Nomzodlar test sinovi oʻtkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring