Davlat arxivi: 24 soat xizmat koʻrsatish tizimiga oʻtiladi
Foto: «Халқ сўзи»
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar davlat arxivi yangi binosining foydalanishga topshirilishi asnosida mazkur muassasada raqamlashtirish boʻyicha belgilangan yillik reja muddatidan bir oy oldin bajarilgani maʼlum qilindi. Soha mutaxassislari hujjatlarni elektron shaklga oʻtkazish jadal davom etayotganini bildirib, yaqin orada davlat xizmatlari yagona portali orqali ham manbalar bilan tanishish imkoniyati paydo boʻlishini bildirdi. Bu degani - endi davlat arxivi xizmatidan maʼlum muassasaning ish vaqtidagina emas, tunu kun, yaʼni 24 soat mobaynida foydalanish mumkin. Yana bir jihat shuki, Yangiyer davlat arxivida xizmat koʻrsatishning mobil, yaʼni kutubxona shakli ham joriy qilindi. Deylik, istagan kishi biror bir tarixiy hujjat yoki boshqa manba bilan maxsus zalda tanishishi mumkin.
Endi yangi bino haqida. Mazkur inshoot qurilishi uchun qariyb
5 milliard 130 million soʻm sarflandi va u arxiv binolari boʻyicha xalqaro andozalarga mos. Jihozlari ham zamonaviy. Yangi binoda 200 ming hujjat sigʻimi mavjud boʻlib, bu eski binoga nisbatan 2 barobar koʻpdir.
Shahar davlat arxivida saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar 1917-yilga mansub ekan. Arxivda 100 mingdan ortiq , jumladan, ijtimoiy, hududning ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy tarixini aks ettiruvchi milliy arxiv fondining hujjatlari saqlanmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring