Dangʻarada “IT akademiyasi” ish boshladi
Dangʻara tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini hududida zamonaviy axborot texnologiyalari markazi — “Dangʻara IT akademiyasi” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Jahon andozalari asosida qurib bitkazilgan yangi markazda bir vaqtning oʻzida 500 nafar yoshlar turli oʻquv mashgʻulotlariga jalb etiladi. Shuningdek, har oy qoʻshimcha ravishda 200 nafar yigit-qizning oʻzi qiziqqan toʻgaraklarda tahsil olishi uchun imkoniyat yaratilgan. Buning uchun nodavlat taʼlim muassasasi eng soʻnggi rusumdagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Akademiyadagi har bir oʻquv xonasi yangicha va kreativ yondashuvlar asosida jihozlangan.

Akademiyada axborot texnologiyalari, dasturlash, raqamli savodxonlik va innovatsiya yoʻnalishlarida bilim va amaliy koʻnikmalarni oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Shu bilan birga, yoshlar bir nechta xorijiy tillarni oʻrganish, milliy hamda xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Bu maqsadda maxsus xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan.
— Eʼtiborli jihati shundaki, yangi markazda raqamli iqtisodiyot tarmoqlari, mahalliy va xorijiy mehnat bozori uchun malakali mutaxassislar tayyorlash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan, — deydi Dangʻara tumani hokimligi bosh mutaxassisi Mashrabjon Alijonov. — Shuningdek, tumanda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish, tadbirkorlik subyektlari va investorlar bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan.

Shu maqsadda akademiyada faoliyat olib borish uchun soha boʻyicha yetarli bilim va amaliy tajribaga ega mutaxassislar jalb etilmoqda. Yaqin kelajakda xorijdan malakali mutaxassislarni taklif etish ham koʻzda tutilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring