“Dada degin” filmi tez kunda yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi
Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va “Kinomaniya” kinostudiyasi hamkorligida suratga olingan, rejissyor Muhammadiso Abdulhairovning “Dada degin” filmi yaqin kunlarda katta ekranlarda namoyish etiladi.
Drama janrida suratga olingan mazkur kartinada uzoq yillardan buyon farzandsizlikdan qiynalayotgan oilada kechgan voqeliklar toʻgʻrisida hikoya qilinadi. Bosh qahramon Botir aka oʻzi befarzand ammo beshik yasovchi usta obrazida gavdalanadi. Uning hayotdan yagona ilinji farzandli boʻlish yohud bola tilidan chiqqan “dada” kalomini eshitish edi.
Filmdagi asosiy konflikt bola asrab olish qaroridan soʻng boshlanadi. Bundan tashqari, beshik yasash sirlari, beshik uchun foydalaniladigan turli anjomlar va boshqa qiziqarli kadrlar filmdan joy olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring