Chikagoda yirik talonchilik: 12 kishi kunduzi yuk poyezdini “boʻshatdi”
Chikagoda kunduzi yuk poyezdida oʻgʻrilik sodir etildi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, politsiya yetib kelguniga qadar kamida 12 kishi deyarli bir soat davomida vagonlardan yuk olib chiqqan.
Hodisa 12-oktyabr kuni roʻy bergan. Poyezd harakatlanishni davom ettirish imkoniyatini kutib turgan. Oʻgʻrilar voqea joyidan avtomashinada qochishga muvaffaq boʻlishgan. Politsiya temir yoʻl yuklarining oʻgʻirlanishi boʻyicha tergovni boshlagan.
Qayd etilishicha, bu kabi oʻgʻrilik ilk bor boʻlmayapti. Avgust oyida Chikagoda oʻgʻrilar bir nechta yuk vagonlariga bostirib kirib, televizorlarni oʻgʻirlab ketishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring