Chernogoriyada yangi prezident saylandi. U saylovda mamlakatni oʻttiz yildan koʻp boshqargan Milo Jukanovichdan koʻp ovoz oldi
Foto: EPA
Yakov Milatovich Chernogoriyaning yangi prezidenti etib saylandi. U saylovda qariyb 59 foiz ovoz olgan.
Chernogoriyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Yakov Milatovich prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida gʻalaba qozonganini eʼlon qildi. Mamlakatning yangi rahbarining saylanishi Milo Jukanovichning 30 yildan ortiq davom etgan boshqaruviga nuqta qoʻyadi.
37 yoshli Milatovich “Yevropa hozir” harakati rahbari oʻrinbosari. Saylov kampaniyasi doirasida u korrupsiyaga qarshi kurashish, turmush darajasini yaxshilash va Yevropa Ittifoqi va Serbiya bilan aloqalarni mustahkamlashga vaʼda berdi. Shuningdek, u besh yil ichida mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga erishishga vaʼda berdi.
61 yoshli Jukanovich, sobiq kommunist, Yugoslaviya parchalanganidan keyin Chernogoriyani 33 yil davomida prezident yoki bosh vazir lavozimida boshqargan. U magʻlubiyatini tan oldi va Milatovichni gʻalabasi bilan tabrikladi. Saylangan prezident deyarli 59 foiz ovoz olgan, Jukanovich esa 40 foiz ovoz olgan.
Saylovlar 2-aprel, yakshanba kuni boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring