Chempionlik yoʻlidagi asosiy bahs: “Liverpul” – “Arsenal”

Bugun Angliya Premyer-ligasida haftaning eng kutilgan oʻyinlaridan biri boʻlib oʻtadi. “Enfild” stadionida Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” jamoasi Mikel Arteta qoʻl ostidagi “Arsenal”ni qabul qiladi. Bu uchrashuvga nafaqat uch ochko uchun kurash, balki chempionlik poygasiga ham bevosita taʼsir koʻrsatadigan bahs sifatida qaralmoqda.
Soʻnggi yillarda ikki klub oʻrtasidagi oʻyinlar yuqori surʼat va shiddati bilan yodda qolmoqda. Bugungi bellashuvdan ham muxlislar koʻplab gollar, keskin qarama-qarshilik va dramatik lahzalar kutayotgani hech kimga sir emas.
Bugun ushbu oʻyin oldidan ikki jamoani oʻzaro solishtiramiz.
Yangi mavsumdagi natijalar
Ayni vaqtda har ikki jamoa Angliya Premyer ligasida 2 tadan oʻyin oʻtkazdi. “Mersisaydliklar” dastlabki turni oʻz maydonida “Bornmut” jamoasiga qarshi oʻtkazdilar va oʻyin 4:2 hisobi bilan Slot jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2-turda esa “Nyukasl” ustidan 3:2 hisobidagi qiyin gʻalaba qoʻlga kiritildi.
Mikel Arteta boshchiligidagi “Arsenal” mavsumni “Old Trafford”da boshladi va maydon egasi “Manchester Yunayted”ni 0:1 hisobida magʻlub etdi. Ikkinchi turda esa “londonliklar” oʻz maydonida “Lids Yunayted” jamoasini qabul qildi va bahs “toʻpchilar”ning 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻzaro oʻyinlar statistikasi
Arne Slot “Liverpul” jamoasi boshqaruviga kelganidan soʻng, ushbu jamoalar bugungacha 3 ta oʻzaro oʻyin oʻtkazdi.
2024-yilning yozida AQSHning Filadelfiya shahrida oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinida “Liverpul” 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻtgan mavsum Angliya Premyer ligasida oʻtgan ushbu jamoalarning har ikki bahsi 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Demak, hozirgacha Arne Slot “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida Mikel Arteta boshchiligidagi “Arsenal”ga yutqazmagan.
Bu mavsumda jamoalar...
Jamoalarning bu yilgi mavsum Angliya Premyer ligasidagi statistikalari:
Toʻp nazorati:
- “Liverpul” – 61%
- “Arsenal” – 54%
Umumiy zarbalar soni:
- “Liverpul” – 24 ta
- “Arsenal” – 25 ta
Aniq zarbalar soni:
- “Liverpul” – 14 ta
- “Arsenal” – 8 ta
xG statistikasi:
- “Liverpul” – 2.9
- “Arsenal” – 4.2
Toʻp uzatmalar aniqligi:
- “Liverpul” – 83%
- “Arsenal” – 85%
Statistika jamoalar koʻrsatayotgan oʻyin deyarli teng ekanini koʻrsatmoqda.
Jamoalarning yashirin imkoniyatlari
“Liverpul”
1. “Mersisaydliklar” oʻyinni yuta olishi uchun asosiy omillardan biri – mezbon faktora. “Liverpul” oxirgi marta 2012-yili oʻz maydonida “Arsenal”ga yutqazgan.
2. Jamoaga kelgan yangi futbolchilar tez klub oʻyiniga kirishib ketishdi. Uning ustida Dominik Soboslay oʻzini noqulay boʻlgan pozitsiyada ham yomon oʻyin koʻrsatmayapti. Mak Allister ham maksimal sport formasiga kirmoqda. Xullas, jismoniy holat jihatidan Arne Slot jamoasida muammo yoʻq.
3. Hujum guruhining kuchi raqibga qaraganda bir muncha yaxshiroqdek tuyulmoqda. “Liverpul” dastlabki 2 oʻyinda 7 ta gol kiritishni uddaladi. Hujumlarning xilma-xilligi ham “mersisaydliklar”ga qoʻshimcha ustunlik berishi mumkin.
“Arsenal”
1. “Arsenal” bu mavsum Premyer-liga startida hali gol oʻtkazgani yoʻq. Gabriel – Saliba tandemi barqaror ishlayapti. Himoya boʻyicha “Arsenal” raqibidan yaxshiroq holatda.
2. Martinelli va yangi qoʻshilgan Eze tezlik va driblingda ustun. “Liverpul” yuqori pressing bilan oʻynagani sabab, qanotlarda boʻsh joylar koʻp qolishi mumkin. Bundan esa Mikel Arteta shogirdlari tezkor qarshi hujumlarda unumli foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
3. “Arsenal” oxirgi mavsumlarda burchak zarbalaridan eng koʻp gol urgan Premyer-liga jamoalaridan biri boʻlib turibdi. Jamoa standart vaziyatlarda juda xavfli. Ayniqsa, bu fikrni “Real Madrid” posboni Tibo Kurtua tasdiqlasa kerak.
Jamoalarning kamchiliklari
“Liverpul”
1. “Liverpul”ning asosiy muammosi soʻzsiz himoya chizigʻi boʻlib turibdi. Chempionlikka asosiy nomzod allaqachon oʻz darvozasidan 4 ta toʻp olib chiqdi. Van Deyk anchayin ishonchli, lekin Konate va Robertson tez-tez pozitsiyadan chiqib ketmoqda.
2. Kloppdan keyingi davrda pressing va pressingdan keyingi bosim hali mukammal ishlamayapti. Orqa chiziq va yarim himoya oʻrtasida katta “boʻshliq zonalari” paydo boʻlmoqda.
3. Soʻnggi 5 rasmiy oʻyinda “Liverpul” burchaklardan himoyalanishda xatolarga yoʻl qoʻymoqda. Faqat Van Deyk havo duelida kuchli, qolganlar “Arsenal”ning Saliba, Gabriel kabi baland oʻyinchilari oldida zaifroqdek.
“Arsenal”
1. Soʻnggi 13-yil ichida jamoa Premyer-liga doirasida “Enfild”da maydon egalarini magʻlub eta olmagan. Bu psixologik bosim oʻyinchilarga taʼsir qilishi mumkin.
2. Saliba va Gabriel kuchli, ammo baʼzida baland chiziqda oʻynashadi. “Liverpul”ning tezkor hujumchilari bu boʻsh hududdan unumli foydalanishlari mumkin.
3. “Arsenal” mavsumni 6 gol bilan boshlagan boʻlsada, ularning yarmi “Lids”ga qarshi oʻyinda keldi. Kuchli raqib (“Manchester Yunayted”) bilan oʻyinda atigi 1 gol kiritildi. Hujum samaradorligi elit darajada emas.
Yoʻqotishlar
“Arsenal”da ushbu oʻyin oldidan jiddiy yoʻqotishlar bor. Bukayo Saka, Kay Xavers, Gabriel Jezus kabi hujum guruhi vakillarida turli darajadagi jarohatlar bor. Shuningdek, Ben Uayt, Leandro Trossard kabi futbolchilar bilan ham muammolar borligi aytilmoqda.
“Liverpul”da esa oʻyin oldidan Jeremi Frimpong va Stefan Baychetichning turli darajadagi jarohatlari borligi maʼlum qilingan.
Maʼlumot uchun, “Liverpul” va “Arsenal” oʻyini bugun, 31-avgust kuni soat Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring