Chaqaloqning bosh sohasini ehtiyot qilishda nimalarga eʼtibor berish zarur? 

14:31 03 Iyul 2023 Jamiyat
511 0

Yangi tugʻilgan bolaning suyagi moʻrt boʻladi. Ozgina ehtiyotsizlik ham unda tuzatib boʻlmas asoratlarga sabab boʻlishi mumkin. Ayniqsa, jazirama kunlarda chaqaloqning bosh sohasi jiddiy eʼtibor talab qiladi.

— Yangi tugʻilgan  goʻdakning bosh chanogʻi bir nechta oʻzaro birikmagan suyaklardan iborat boʻladi, — deydi pediatr Shozoda Karimova. — Ushbu suyaklar orasida yumshoq joylar, yaʼni liqildoqlar borligini sezish mumkin.

Ular bola tugʻilishi va tashqi muhitga moslashishida muhim oʻringa ega. 

Birinchidan, bosh liqildoqlari tugʻruq jarayonini osonlashtirib, bolaning qoʻshimcha xavfsizligini taʼminlaydi. 

Tugʻruqdan soʻng vaqt oʻtib bolaning boshi asl shakliga qaytadi. 

Ikkinchidan, liqildoqlar tabiiy amortizator boʻlib xizmat qiladi. Bolaning boshiga biror narsa tegib ketsa, u zarb kuchini kamaytiradi.

Chaqaloqlarda kattalardan farqli oʻlaroq tana harorati muvozanatini saqlash tizimi hali yaxshi rivojlanmagan boʻladi. Liqildoqlar esa bu tizim vazifalarining bir qismini oʻz zimmasiga oladi.

Bundan tashqari, goʻdakning tana harorati koʻtarilganda liqildoqning yupqa membranasi miyani tabiiy holatda sovitadi.

Bola chinqirib yigʻlaganda liqildoq sal shishadi. 

Ichiga botgan liqildoq esa odatda organizm suvsizlanganidan darak beradi. Bu holat kuchli ich ketishi yoki qusish oqibatida yuzaga keladi. Bunday holatda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Ota-onalar bolada liqildoqning bitishiga alohida ahamiyat berishlari lozim. Bunda goʻdakning yoshiga muvofiq tana ogʻirligi va boshining umumiy aylanasi ham hisobga olinishi muhim. Liqildoqning bitish muddati 3 oydan 24 oygacha, baʼzan undan ortiq vaqtgacha oʻzgarib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер