Chad AQSHdan mamlakat poytaxti yaqinidagi aviabazada faoliyatini toʻxtatishni talab qildi
Chad harbiy-havo kuchlari bosh qoʻmondoni AQSHdan Amerika qoʻshinlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagani uchun poytaxt Ndjamena yaqinidagi aviabazada faoliyatini toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq, CNN oʻz manbalariga tayanib, Chad hukumati AQSHga maktub yoʻllab, Amerika qoʻshinlarining mamlakatda boʻlishini tartibga soluvchi xavfsizlik shartnomasini buzish bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edi. Telekanal maʼlumotlariga koʻra, maktubda Amerika qoʻshinlari Chad poytaxtidagi Fransiya harbiy bazasini tark etishga majbur boʻlishi aytilgan.
«Shu yilning 4-aprel kuni Chad Qurolli kuchlari vaziriga yoʻllagan maktubida Harbiy-havo kuchlari shtabi boshligʻi Idris Amin Ahmad amerikaliklar «Adji Kossey» aviabazasida mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagani uchun AQSH mudofaa attashesiga AQSH faoliyatini toʻxtatishni bildirgan», deyiladi agentlik xabarida.
Maktubda qayd etilishicha, xodimlarni moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha kelishuvlar bazada amerikalik harbiy xizmatchilar mavjudligini oqlash uchun yetarli emas. Shuningdek, Chad harbiy-havo kuchlari shtabi boshligʻi Qurolli kuchlar vaziridan amerikaliklarni bu qarordan xabardor qilishni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring