Siyosat

Toshkentda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha “poytaxt namunasi” joriy etiladi

Masalaning muhimligini inobatga olib, har bir vazir bittadan tumanga, Prezident Administratsiyasi vakili ham bitta tumanga biriktiriladi.

14:55 27 Yanvar 2026
Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi kerak — Prezident

Yigʻilishda rahbarlikka yosh kadrlarni qoʻyish, pensiya yoshidagilarning tajribasidan murabbiy va oʻqituvchi sifatida foydalanish yoki mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish muhimligi qayd etildi.

14:46 27 Yanvar 2026
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Akmalxon Ortiqov ishdan olindi

Prezident hozirda “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard soʻmlik talon-torojliklar aniqlanganini maʼlum qildi.

14:26 27 Yanvar 2026
Soʻnggi ikki yilda poytaxt soliq idoralarining 19 nafar xodimi byudjetga 27 mlrd soʻm zarar yetkazgan

Ayrim soliq boshliqlari tushumni koʻpaytirish oʻrniga qoʻshtirnoq ichidagi “tadbirkor”larga “homiylik” qilish bilan bandligi koʻrsatib oʻtildi.

14:19 27 Yanvar 2026
Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev ishdan olindi

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Gʻaniyev qoʻshtirnoq ostidagi “tadbirkor”larga soliqdan qochishda yoʻl koʻrsatib yurgani uchun uni bugunning oʻzida ishdan olish topshirildi.

14:11 27 Yanvar 2026
Oʻtgan yili poytaxtda fuqarolar kiberjinoyatlar tufayli qariyb 2 trln soʻm zarar koʻrgan

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mazkur jinoyatlarni fosh etish 8 foizga ham bormayotgani maʼlum qilindi.

13:49 27 Yanvar 2026
Toshkent shahri IIBB boshligʻi va shahar prokuroriga “hayfsan” berildi

Shuningdek, ularga olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilandi.

13:28 27 Yanvar 2026
Profilaktika inspektorlarining jamoat ishlariga koʻp jalb qilinayotgani tanqid qilindi

Prezident ularning koʻpi ish joyida yoʻq yoki huquqbuzarlik bilan ishlash oʻrniga kommunal qarzdorlik va aliment undirish, armiyaga yuborish va boshqa jamoat ishlari bilan band ekanini tanqid qildi.

13:20 27 Yanvar 2026
Prezidentning poytaxtda xavfsiz muhitni shakllantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi tanqidiy ruhda boshlandi

“Bu muammolarning har biri alohida-alohida xavfli. Lekin ular bir boʻlib harakat qilayotgani yanada jiddiy tahdidni yuzaga keltiradi”, dedi Prezidentimiz.

13:03 27 Yanvar 2026
Senatda Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oliy Majlis Senati Raisi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva Osiyo velosport konfederatsiyasining yangi saylangan prezidenti Dato Amarjit Singx bilan uchrashuv oʻtkazdi.

10:20 27 Yanvar 2026

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер