Oʻtgan yili poytaxtda fuqarolar kiberjinoyatlar tufayli qariyb 2 trln soʻm zarar koʻrgan

13:49 27 Yanvar 2026 Siyosat
313 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida uch yil oldin Ichki ishlar vazirligida tashkil qilingan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining ishi hali koʻrinmayotgani qayd etildi.

Masalan, oʻtgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan ortib, fuqarolar qariyb 2 trillion soʻm moddiy zarar koʻrgan boʻlsa, ularni fosh etish 8 foizga ham bormayapti.

Jinoyatchilar bank tizimidagi boʻshliqdan, aholining ishonuvchanligidan va texnologik bilimi yetishmasligidan foydalanmoqda.

“Ichki ishlar va prokuraturaga bu yoʻnalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va toʻlov tashkilotlarida himoya tizimlarini joriy etish qachon yakunlanadi?” deya davlatimiz rahbari mutasaddilar oldiga qatʼiy savol qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер