Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi kerak — Prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida qisqa muddatda byudjetga tushum, talon-toroj, moliyaviy kamchiliklar boʻyicha 53 trillion soʻm va tashqi savdo operatsiyada 8 milliard dollardan ortiq qarzdorlik aniqlangani oʻta ayanchli holat ekani qayd etildi.
Korrupsiyaviy sxemalar boʻyicha 4,2 trillion soʻm zarar aniqlanib, 1,3 trillion soʻmi undirildi, 55 nafar shaxs qamoqqa olindi.
Masalan, Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard soʻm byudjet mablagʻi oʻzlashtirilgani aniqlanib, vazir oʻrinbosari B.Abdullayev va departament boshligʻi R.Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Umuman, davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uchun masʼullar faoliyatini ham tanqidiy qayta koʻrib chiqish vaqti kelgani qayd etildi.
Yana bir alohida masala – huquq-tartibot tizimida xizmat oʻtash chegarasi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun 60 yosh boʻlsada, hozir bu yoshdan oshgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida ishlayotgani koʻrsatib oʻtildi. Vaholanki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida rahbar kadrlarning barchasining yoshi 50 yoshdan kichik.
“Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi kerak”, dedi Prezidentimiz.
Rahbarlikka yosh kadrlarni qoʻyish, pensiya yoshidagilarning tajribasidan murabbiy va oʻqituvchi sifatida foydalanish yoki mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring