Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Akmalxon Ortiqov ishdan olindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirda “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard soʻmlik talon-torojliklar aniqlanganini maʼlum qildi.
Misol uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard soʻmlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard soʻmga sotib yuborgan.
Shu bois, kecha agentlik direktori A.Ortiqov ishdan olindi.
“Haqli savol tugʻiladi. Ushbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan boʻlsa, xavfsizlik masalalari uchun masʼullar qayerga qaragan?” dedi Prezidentimiz.
DXX raisiga “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun masʼul xodimlarining javobgarligini koʻrib chiqish topshirildi.
Komplayens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga masʼul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qilish topshirildi.
“Sotilgan davlat mulklari boʻyicha har bir holatni sinchkovlik bilan tekshirib, barcha korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilsin va jazo muqarrarligini taʼminlasin”, dedi davlatimiz rahbari.
“Bilib qoʻyinglar, davlatning har bir soʻmi boʻyicha taʻsirchan nazorat oʻrnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq boʻladi!”, dedi Prezidentimiz.
Shu bois, yaqinda Administratsiya va davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring