BYD elektromobillari narxi tushadimi? Kompaniya bosh direktori javob berdi

13:07 01 Iyul 2024 Iqtisodiyot
394 0

“BYD Uzbekistan Factory” bosh direktori Shafqatbek Alimov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan BYDʻlar chet eldan olib kelinayotgan mahsulotlardan arzon boʻladi.

Bildirilishicha, hozirda Jizzaxdagi zavodda BYDʻning “E2”, “Seagull” va “Yuan” kabi ommabop modellarini ishlab chiqarish rejasi bor.

Shuningdek, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan modellar eksport qilinganida, oʻsha bozorlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar olib kelinmaydi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Oʻzbekistonda BYDʻning Xitoydan tashqaridagi ilk zavod ochildi. Oʻzbekiston Prezidenti “BYD” kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini qoʻllab-quvvatlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?