Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainada harbiy bazalar tashkil etadi
Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina hududi boʻylab Ukraina Qurolli Kuchlari uchun harbiy bazalar va texnika hamda qurol-yarogʻ omborlarini tashkil etadi. Bu choralar oʻt ochish toʻxtatilgandan keyin joriy etiladi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer maʼlum qildi.
Starmerning aytishicha, “ixtiyoriy koalitsiya”ga kiruvchi davlatlar Ukraina ehtiyojlari uchun qurol-yarogʻni uzoq muddatli tarzda taqdim etish boʻyicha kelishuvga erishgan.
“Biz AQSH yetakchiligida oʻt ochishni toʻxtatish rejimiga rioya etilishini monitoring qilishda ishtirok etamiz”, — dedi Britaniya bosh vaziri Parijda “ixtiyoriy koalitsiya” davlatlari, Ukraina va AQSH delegatsiyalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunlari boʻyicha.
Shuningdek, Starmer “ixtiyorliy koalitsiya” davlatlari Rossiya tomonidan ehtimoliy hujum sodir boʻlgan taqdirda Ukrainani qoʻllab-quvvatlash choralari ustida ishlashni davom ettirishini qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, 6-yanvar kuni Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina hududida qoʻshinlarni joylashtirish boʻyicha deklaratsiyani imzolagan edi. Ushbu hujjat Ukraina xavfsizligini havoda, dengizda va quruqlikda taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring