Butunjahon antidoping agentligining yillik simpoziumi oʻz ishini yakunladi
Avval xabar berganimizdek, Shvetsariyaning Lozanna shahrida Butunjahon antidoping agentligi (VADA) ning yillik simpoziumi boʻlib oʻtmoqda. Simpozium birinchi ish kunida davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik, davlatlarning VADA kodeksiga boʻlgan munosabati va Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan taʼsis qilingan konvensiya haqida soʻz bordi.
Sammitni ikkinchi kuni bir qator xorijiy davlatlar antidoping agentliklari va VADA tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar, korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Xususan, Agentlik direktori A.Sadikov VADA bosh menejeri Ieva Lukosituen-Stanikuniyene, Osiyo mintaqasi boshligʻi Kenny Lee, VADAning Muvofiqlik qoidalari va standartlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari Emiliano Simonelli, Koreya antidoping agentligi direktori Young Hee Lee hamda RADOKA menejeri Venera Abdula bilan muloqotlar boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida hozirgi kunda antidoping sohasida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha fikr almashildi va kelishuvlarga erishildi.
Oʻz navbatida VADAning Muvofiqlik qoidalari va standartlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari Emiliano Simonelli Agentlikning 2018-2022-yilgi faoliyatini toʻliq tekshirilganligi va tekshiruvlarni muvaffaqiyatli yakunlagani shuningdek, halol sport yoʻlida samarali faoliyat olib borilayotganligi bilan Agentlik direktori A.Sadikovga minnatdorchilik bildirdi.
14-15-mart kunlariga rejalashtirilgan VADAning yillik simpoziumi oʻz ishini yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring