Buxoroda toʻliq taʼmirlangan Olimpiya zaxiralari kolleji ochildi
Bugun koʻhna va navqiron Buxoro shahrida investitsiya dasturi asosida toʻliq taʼmirdan chiqarilgan Olimpiya zaxiralari kollejining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ishtirok etdi.
Marosimda Buxoro viloyatining chempion oʻquvchilari, faxriy sportchilar, kollej jamoasi, Buxoro viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar ushbu maskan endilikda yoshlarning oʻz iqtidor va imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim etishini alohida taʼkidlab, buning uchun Hukumatimiz, qolaversa Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tashakkur izhor qilishdi.
Shundan soʻng vazir kollejning oʻquv xonalari, kimyo, biologiya, informatika va laboratoriya xonalarini koʻzdan kechirib, taʼmirlanish va jihozlanish holati bilan tanishdi. Sport majmuasidagi taekvondo zalida sportchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, yutuq va kamchiliklarga toʻxtalib oʻtdi.
Boks zalida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Ravshan Xodjayev bilan suhbatlashib, boʻlgʻusi chempionlarning natijalari va kelgusidagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari bilan qiziqdi.
Kollejning badiiy gimnastika zalida gimnastika gilami taʼmirtalab ahvolda ekanligini koʻrib, bu yerga vazirlik nomidan yangi gimnastika gilami sovgʻa qilindi. Sportchilar yangi gilam ustida oʻz mashgʻulotlarini davom ettirishdi.
Shuningdek, D.Nabiyev kollejning yangi qurilgan ochiq futbol, voleybol va stol tennisi maydonlarini ham koʻzdan kechirdi.
Tadbir soʻngida vazir oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan esdalik uchun suratga tushdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring