Buxoroda saksovul kesganlar ekologiya inspektorlariga hujum qildi
Foto: Videodan kadr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati sentyabr va oktyabr oylarida Buxoro viloyatida saksovulni noqonuniy kesish boʻyicha 25 ta holat aniqlanganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar boʻyicha, huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi — daraxtlar va boshqa oʻsimliklarni noqonuniy kesish (fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi) bilan maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan.
Unga koʻra, 25 ta holatda tabiatga 29 million 702 ming 400 soʻm zarar yetkazilgani hisoblangan va 222 million 900 ming soʻm jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 soʻm tovon toʻlashlari belgilangan.
Choʻl hududlarida oʻtkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida viloyat ekologiya boshqarmasi inspektorlari huquqbuzarlarni taʼqib qilishlariga toʻgʻri kelgan. Baʼzi hollarda saksovul kesuvchilar inspektorlarning hayotini xavf ostiga qoʻyishgan.
Jumladan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan videoda saksovul yuklangan samosval haydovchilari orqasidan kelayotgan ekologiya inspektorlari yoʻliga daraxtlarni tashlab ketayotgani aks etgan. Kadrlarda saksovul kesuvchilar inspektorlarga qarata daraxtlar boʻlaklarini uloqtirayotganini koʻrish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring